TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2875

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan4,310Jumlah tampilan
Diposting9 Des09/12/2025, 04.10
Isi postingan

Isi

🏡Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi? Quyidagi toifadagi fuqarolar yer solig‘ini to‘lamaydi: “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvoniga ega boʻlganlar va uch darajali “Shuhrat” ordeni sohiblari; urush nogironlari va urush qatnashchilari; I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar; yolg‘iz pensionerlar; boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar; Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslar; uy-joyi elektr, gaz va boshqa energiya tarmoqlaridan butunlay uzilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchilar — o‘rnatilgan oydan boshlab 3 yil muddatga. Muhim eslatmalar: Imtiyoz faqat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalari uchun amal qiladi. Soliq imtiyozi faqat bitta yer uchastkasiga beriladi. Imtiyozdan foydalanish uchun hujjatlar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube