TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2882

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan3,280Jumlah tampilan
Diposting10 Des10/12/2025, 05.50
Isi postingan

Isi

Samarqand tumanida atmosferani ifloslantirgan fuqaroga jarima qo‘llandi Samarqand tumanida ekologiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida atrof-muhitga zarar yetkazish holati aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Xususan, Yangiravot MFYda yashovchi fuqaro hududda to‘plangan o‘simlik qoldiqlarini ochiq alangada yoqib, atmosfera havosini ifloslantirgani qayd etildi. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube