TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2883

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan4,630Jumlah tampilan
Diposting10 Des10/12/2025, 07.25
Isi postingan

Isi

🇺🇿Samarqand shahri hududi28 ming gektarga yetadi Viloyat Kengashi sessiyasida ma’lum qilinishiga ko‘ra, Prezident topshirig‘i asosida Samarqand shahri hududi kengaytirilmoqda. Bu jarayon xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari bilan Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand va Toyloq tumanlari hududlari hisobidan amalga oshiriladi. Rejaga ko‘ra, Samarqand shahri hududi 28 ming gektarga yetkaziladi. Shahar hududiga quyidagi yerlar qo‘shilmoqda: — Past Darg‘om tumanidan — 1242 gektar, 7 mahalla va 20 ming aholi; — Toyloq tumanidan — 1266 gektar, 8 mahalla va 12 ming aholi; — Samarqand tumanidan — 13 308 gektar, 68 mahalla va 235 ming aholi; — Oqdaryo tumanidan — 1411 gektar, 2 mahalla va 10 ming aholi. Shu bilan birga, Samarqand shahri Xishrav sanoat zonasidan 518 gektar yer Past Darg‘om tumaniga o‘tkaziladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar natijasida Samarqand shahrining umumiy hududi 28 403 gektarga, aholisi esa 880 ming nafarga yetishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, Samarqand tumanining 28 289 gektar hududi, 6 mahallasi va 47 ming aholisi Toyloq tumaniga, 1551 gektar hududi esa Past Darg‘om tumaniga o‘tkaziladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube