TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2885

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan4,300Jumlah tampilan
Diposting10 Des10/12/2025, 11.09
Isi postingan

Isi

Samarqand markazidagi havo sifati datchiklari o‘chirildi(mi?) So‘nggi kunlarda havo sifatining yomonlashuvi fonida bir qator choralar ko‘rilgani, yog‘gan yomg‘irlar sabab havo holati nisbatan yaxshilangani qayd etilgandi. Ammo hozirda AQI Air xalqaro platformasida Samarqand shahri markazidagi havo sifatini o‘lchovchi kamida uchta qurilma ishlamayotgani yoki o‘chirib qo‘yilgani kuzatilmoqda. Avvalroq shunga o‘xshash holat Farg‘ona viloyatida ham qayd etilgan. O‘shanda faollar bu holat havo sifatini yaxshilash emas, balki salbiy ko‘rsatkichlarni aholidan yashirishga urinish bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Endilikda shunga yaqin vaziyat Samarqandda ham kuzatilmoqda. Platforma orqali kuzatilganda, shahar markazidan tashqarida joylashgan Samarqand Turizm markazidagi datchik ishlamoqda, biroq markaziy hududlardagi datchiklar tizimda ko‘rinmayapti. Hozircha ushbu holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar rasmiy izoh bermagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube