TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2887

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan4,100Jumlah tampilan
Diposting11 Des11/12/2025, 03.20
Isi postingan

Isi

Endi yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan yosh agronomlarni qo‘llab-quvvatlashni e’lon qildi. Agrar universitetning 180 nafar talabalari dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda amaliyot o‘tadi. Fermer va klasterlarga har bir talaba uchun 5 million so‘m, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya beriladi. Yetarli tajriba orttirgan yosh agronomlar 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi. Ular zamonaviy agrotexnologiya va sifatli urug‘ yordamida hosildorlikni oshirishga ko‘maklashadi. Shu ishlar uchun oyiga 2 ming dollar to‘lanadi. Shuningdek, paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlar reytingi yuritilib, yuqori pog‘onadagi fermerlarga imtiyozli kreditlar va innovatsion sertifikatlar bilan qo‘shimcha ball beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube