Isi
Samarqandning 3 hududida markaziy isitish tizimi qayta ishga tushirildi Samarqand shahrining Sattepo, Sug‘diyona va Mikrorayon hududlarida qariyb 20 yildan beri ishlamagan markaziy isitish tizimi qayta ishga tushirildi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, “RK-2” markaziy qozonxonasida olib borilgan rekonstruksiya ishlari doirasida 39,4 kilometr teng qobiqli issiqlik quvurlari yotqizildi hamda umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan 3 ta zamonaviy qozonxona barpo etildi. Natijada 22 ta ijtimoiy soha obyekti, 381 ta ko‘p qavatli uy va ulardagi 18 864 ta xonadon issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi. Loyiha orqali jami 53 046 nafar fuqaro uchun barqaror issiqlik ta’minoti yaratilishi rejalashtirilgan. 13-dekabr kuni qozonxona sinov tariqasida ishga tushirildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube