TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2913

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan4,460Jumlah tampilan
Diposting15 Des15/12/2025, 13.25
Isi postingan

Isi

Nurobodda 500 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda Prezidentning 2023-yil 4-iyuldagi PQ-207-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati Nurobod tumanida “Acwa Power Sazagan Solar” MCHJ tomonidan 500 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi va 334 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi barpo etilmoqda. Loyiha doirasida 758 mln AQSH dollari investitsiya jalb etilishi, elektr energiyasini 25 yil davomida kafolatlangan tarzda sotish, qurilish majburiyatlari uchun 30 mln dollarlik bank kafolati taqdim etilishi belgilangan. Podstansiya va uzatish tarmoqlari loyiha hisobidan quriladi. Viloyat bojxona boshqarmasi loyiha rahbariyati bilan uchrashib, 2025-yil yakuniga qadar 9–10 mingta konteyner importi rejalashtirilgani va bojxona rasmiylashtiruvlarini tezlashtirish masalalarini muhokama qildi. Natijada kompaniyani vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish ma’qullandi. Sazog‘on massivi 2027-yil iyunigacha, Olg‘a massivi 2027-yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube