TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2916

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan2,600Jumlah tampilan
Diposting16 Des16/12/2025, 05.36
Isi postingan

Isi

Maktab oshxonalarida qaysi oziq-ovqatlar tayyorlash va sotilishi taqiqlangan? O‘zbekiston maktablaridagi oshxonalarda o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida ayrim mahsulotlarni tayyorlash va sotishga qat’iy ta’qiqlar joriy etilgan. “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar maktab oshxonalarida tayyorlanishi yoki sotilishi mumkin emas: gamburger, chizburger, hot-dog kabi go‘shtli fast-fud mahsulotlari; sun’iy ta’m beruvchi moddalar, bo‘yoqlar va konservantlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlar; kiriyeshki, chips va boshqa shunga o‘xshash snacklar; rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar; veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht va parrandachilik mahsulotlari; past sanitariya talablari bilan saqlangan tuxumlar; uy sharoitida tayyorlangan konservalar; kremli tortlar, pishiriqlar va boshqa shirinlar; pasterizatsiya qilinmagan sut mahsulotlari, qo‘ziqorin mahsulotlari; xom dudlangan go‘sht va kolbasalar hamda boshqa zararli yoki gigiyena talablari buzilgan mahsulotlar. Ushbu cheklovlar o‘quvchilarning sog‘lig‘i va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube