TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2917

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan2,390Jumlah tampilan
Diposting16 Des16/12/2025, 06.06
Isi postingan

Isi

Samarqandda marmar toshlar orasida yashirilgan 37 kg dan ortiq narkotik aniqlandi Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida Samarqand viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda qurilish uchun mo‘ljallangan marmar toshlar orasiga yashirilgan holda giyohvandlik vositalarini olib kirgan xorijiy davlat fuqarosi hamda ularni sotish bilan shug‘ullangan 3 nafar mahalliy fuqaro qo‘lga olindi. Tadbir davomida jami 37 kg 421 g “ekstraksion opiy” ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi, tergov harakatlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube