Isi
Qo‘qonlik tabib faoliyatidagi qonunbuzilishlar sabab sudga berildi Xalq orasida “Bionur” nomi bilan tanilgan tabib Iqbol Soliyev Xalq tabobati faoliyati qonunlarini buzgani uchun sudga berildi. Ma’lum bo‘lishicha, u 2020-yilda “Xalq tabobati” faoliyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan, ammo guvohnoma muddati 2024-yil dekabrida tugagan. Sud 2025-yil 10-yanvarda unga 7,5 million so‘m jarima tayinlagan. Biroq Soliyev faoliyatini davom ettirib, videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab kelganligi aniqlanib, 27-noyabr kuni yana sudga yuborildi. Qonunchilikka ko‘ra, bu takroran huquqbuzarlik bo‘lib, 8–12 million so‘m jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi Ro‘zimuhammad Xonnazarov bunday holatlarning sababini aholining tibbiy bilim va madaniyatining yetarli emasligida, deya izohlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube