Isi
Pastdargʻomda qariyb 64 ming dona noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat IIB hamda Pastdarg‘om tumani YPX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi. Pastdarg‘om tumanida fuqaro Q.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobil kuzatuvga olinib, to‘xtatilgan. Transport vositasi ko‘zdan kechirilganda, hech qanday hujjatlarsiz “Treniya” nomli 12 100 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan. Tadbir davomida fuqaro o‘z ixtiyori bilan yashash xonadonida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 5 turdagi jami 63 890 dona pirotexnika vositalarini topshirgan. Vaqtincha saqlovga olingan mahsulotlarning umumiy qiymati 37 million so‘mni tashkil etadi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube