Isi
Samarqandda elektrobus bekatga borib urildi Joriy yil 17-dekabr kuni Samarqand shahrida ijtimoiy tarmoqlarda avtobus bekatga borib urilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, “Samarqandyoʻlovchitrans” DMga qarashli M2-yo‘nalishdagi elektrobus Amir Temur ko‘chasida harakatlanib ketayotganda, parallel yo‘nalishda harakatlangan avtomobil tomonidan halaqit berilishi oqibatida to‘qnashuvning oldini olish maqsadida keskin o‘ngga burilgan. Natijada transport vositasi bekatga borib urilgan. Hodisa oqibatida haydovchi va yo‘lovchilar tan jarohati olmagan, shuningdek, tibbiyot muassasalariga murojaat qilinmagan. Barcha yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlari, shuningdek, jamoat transportiga berilgan ustuvorlikni inobatga olib, unga yo‘l berishlari so‘raladi”, — deyiladi xabarda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube