Isi
Urgutda Gʻijduvonsoy va Choshtepasoy suv omborlari quriladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Urgut shahriga tashrifi davomida tuman suv ta’minoti tizimidagi asosiy muammolar — minglab gektar yerlarning barqaror suv bilan ta’minlanmagani hamda eskirgan nasos stansiyalari sabab yuzaga kelayotgan yuqori suv yoʻqotishlari bilan tanishdi. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida Urgut tumanida Gʻijduvonsoy va Choshtepasoy suv omborlarini barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 10 ming gektardan ortiq yer maydoni barqaror sug‘orishga o‘tkaziladi, nasos stansiyalari rekonstruksiya qilinadi, kichik suv omborlari quriladi hamda energiya tejamkor texnologiyalar joriy etiladi. Natijada suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi va eksport salohiyati kengayishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube