Isi
Samarqandda ham avtomobillarga eko-stiker beriladi O‘zbekistonda avtotransport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida joriy etilayotgan eko-stiker tizimi Samarqand viloyatida ham amal qiladi. Yangi tartibga ko‘ra, avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar miqdoriga qarab maxsus eko-stiker bilan belgilanadi. Bu tizim kelgusida ekologik zonalarni joriy etish, havo ifloslanishini kamaytirish hamda harakatni tartibga solishga xizmat qiladi. Nizom talablari quyidagi transport vositalariga tatbiq etilmaydi: O‘zbekiston hududi orqali tranzit harakatlanayotgan transportlar; O‘zbekistonda 90 kungacha vaqtincha bo‘lib turgan transport vositalari; elektromobillar va elektromotosikllar; motosikl, skuter, moped va uch g‘ildirakli transportlar; tezkor va maxsus xizmat transportlari; jamoat transporti (taksi va yo‘nalishli taksidan tashqari); qishloq xo‘jaligi texnikalari; “nogironligi bo‘lgan shaxs” belgisi o‘rnatilgan transport vositalari. Eko-stiker tizimi butun respublika hududida yagona tartibda joriy etiladi, shu jumladan Samarqand viloyatida ham. Amaliyot bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilib, avvalo aholini xabardor qilish va qulay mexanizmlar yaratishga e’tibor qaratiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube