TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2945

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan3,090Jumlah tampilan
Diposting20 Des20/12/2025, 08.30
Isi postingan

Isi

Yaponiyadagi yangi bog‘lardan biriga Samarqand nomi berildi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Nara shahri meri Gen Nakagava bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Yaponiyada barpo etilgan yangi bog‘lardan biriga “Samarqand” nomi berilgani ma’lum qilindi. Bu qaror ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy aloqalar va Buyuk Ipak yo‘li merosiga hurmat sifatida baholandi. Ma’lumot uchun, joriy yil aprel oyida Nara shahri vakillari Samarqandga tashrif buyurib, hamkorlik va madaniy almashinuv masalalarini muhokama qilgan. Yaqin kelajakda Gen Nakagava boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqandga tashrifi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube