Isi
Toyloq tumanida voyaga yetmagan shaxs o‘g‘irlikka urinish vaqtida ushlandi Joriy yil 8-dekabr kuni tungi soat 01:43 da Toyloq tumani “Charog‘bon” mahallasi hududida joylashgan, uyali aloqa vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi qo‘riqlanadigan obyektdan tashvish signali kelib tushgan. Xabar asosida Qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruhi voqea joyiga yetib borgan. Aniqlanishicha, noma’lum shaxs do‘kon eshigini sindirib, moddiy boyliklarni o‘g‘irlab chiqishga uringan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida u hodisa joyida qo‘lga olingan. Dastlabki tekshiruvlar davomida ushbu shaxs Toyloq tumanida yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro ekani ma’lum boʻlgan. Uning yonidan 5 dona uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil sifatida topilgan. Holat yuzasidan Qo‘riqlash xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqilishi uchun mas’ul idoralarga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube