Isi
Samarqandda xonadonda o‘tkazilgan tintuv yuzasidan IIV izoh berdi Samarqand shahrida ijtimoiy tarmoqlarda “Matonat” MFY hududidagi bir fuqaroning uyida tintuv o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qilishicha, 29-noyabr kuni Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMBning 9-son IIB xodimlari tomonidan “Matonat” MFYdagi xonadon hamda unga tegishli bino va hovli hududida sud ajrimi asosida tintuv o‘tkazilgan. Tintuv davomida jinoyatga oid noqonuniy modda yoki buyumlar topilmagan. IIV bayonotida shuningdek aytilishicha, tintuv jarayoni qonuniy protsessual tartibda, xolislar ishtirokida va mutaxassis tomonidan videotasvirga olingan holda amalga oshirilgan hamda xodimlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlanmagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube