Isi
Viloyat hokimi Adiz Boboyev fuqarolar murojaatlariga befarq rahbarlarni ogohlantirdi Viloyat hokimi Adiz Boboyev raisligida tuman va shaharlar, shuningdek tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda viloyat hokimi fuqarolar murojaatlariga e’tiborsiz munosabatda bo‘layotgan, “odam ajratayotgan” ayrim rahbarlarni qat’iy ogohlantirdi. Qayd etilishicha, joriy yilda viloyat hokimining sayyor qabullari davomida fuqarolardan jami 2431 ta murojaat kelib tushgan. Eng ko‘p murojaatlar Samarqand shahri, shuningdek Ishtixon, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om, Jomboy va Oqdaryo tumanlariga to‘g‘ri kelgan. — Eshigingizni bitta odam taqillatib kelsa, ish so‘raydimi, muammosini aytadimi yoki e’tiroz bildiradimi farqi yo‘q. Keldimi, xursand bo‘ling. Demak, kimdir sizni izlab kelibdi, siz kerak ekansiz, — dedi viloyat hokimi yig‘ilishda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube