Isi
Payariq tumanida nafaqa yoshiga yetgan yuzlab hamshiralar ishdan bo‘shatildi Payariq tumani tibbiyot birlashmasida nafaqa yoshiga yetgan yuzdan ortiq xodimlar ommaviy tarzda ishdan bo‘shatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamon.uz sayti ma’lum qildi. Qariyb 30 yillik ish tajribasiga ega hamshira Farog‘at Yo‘ldishevaning aytishicha, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari tomonidan hech qanday huquqiy asos ko‘rsatilmasdan undan ishdan bo‘shash haqida ariza yozdirib olingan. Surishtiruvlar davomida kadrlar bo‘limi mas’ullari ham xodimlarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha aniq huquqiy asos keltirib bera olmagan. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati esa mazkur holatdan bexabar ekanini bildirgan. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari o‘rinbosari Jasur Aliyev kadrlar bo‘limi tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube