Isi
Samarqand xalqaro aeroportida 1,5 millioninchi yo‘lovchi qayd etildi 2025-yil yakunlariga ko‘ra Samarqand xalqaro aeroporti orqali xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar soni ilk bor 1 500 000 nafarga yetdi. Mazkur tarixiy ko‘rsatkich 26-dekabr kuni rasman qayd etildi. Yubiley yo‘lovchi “Pobeda” aviakompaniyasining DP-998 Samarqand — Moskva yo‘nalishidagi reysiga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida aniqlandi. U Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro bo‘lgan. Tadbir doirasida Air Marakanda kompaniyasining tijorat direktori Dmitriy Martynenko tomonidan yubiley yo‘lovchiga esdalik sovg‘alari hamda VIP-xizmatdan foydalanish uchun sertifikat topshirildi. Shuningdek, “Pobeda” aviakompaniyasi tomonidan Samarqand — Moskva — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha bepul parvoz sertifikati taqdim etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube