Isi
Oʻzbek soʻmini yoqqan xorijiy ishchilarga jarima qo‘llanildi Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Sirdaryo tumanida joylashgan korxonalardan birida faoliyat yuritgan xorijiy ishchilar tamaki chekish jarayonida O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mni yoqqan holatlar aks etgani keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi. To‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda Sirdaryo tumani sudiga yuborilgan. Sud qaroriga muvofiq, aybdor deb topilgan shaxslarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, ish beruvchi tomonidan mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bir tomonlama bekor qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube