Isi
2025-yilgi attestatsiyada o‘qituvchilarning 60 foizdan ortig‘i sinovdan o‘ta olmadi 2025-yilda ta’lim tizimida o‘tkazilgan malaka attestatsiya test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida ikki bosqichda tashkil etilgan attestatsiyada qatnashgan o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi belgilangan talab darajasiga erisha olmagan. Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami 353 604 nafar pedagog attestatsiya test sinovlarida ishtirok etgan. Ulardan 227 793 nafari, ya’ni 60 foizdan ortig‘i, yetarli ball to‘play olmagani sababli attestatsiyadan o‘tolmagan. Shu bilan birga, 125 811 nafar o‘qituvchining malaka toifasi saqlangan yoki oshirilgan bo‘lsa, 6 553 nafar pedagogga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sertifikat berilgan. Shuningdek, 48 600 ga yaqin o‘qituvchi xalqaro tan olingan sertifikatlari asosida ustama olish huquqiga ega bo‘lgan. 2025-yilgi attestatsiya jarayoni pedagoglar orasida keng muhokama va noroziliklarga ham sabab bo‘lgandi. Ayrim o‘qituvchilar vazirlik qarorlaridan norozi bo‘lib, sudlarga murojaat qilgan. Biroq sud jarayonlari vazirlik foydasiga hal etilgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube