Isi
Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi Prezidentning “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori (PQ–392-son, 27.12.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, viloyatda drayver loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan manzilli dastur tasdiqlandi. Dastur doirasida: xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatga ega 298 km avtomobil yo‘llari hamda 15 ta yo‘l o‘tkazgich quriladi, rekonstruksiya qilinadi va ta’mirlanadi; 14 ta tuman (shahar)da 1 ta podstansiya ta’mirlanadi, 70 ta transformator punkti o‘rnatiladi, 137 km elektr tarmoqlari yangilanadi; ichimlik va oqova suv tizimini yaxshilash maqsadida 14 ta tumanda 90 ta suv inshooti hamda 242 km suv tarmoqlari quriladi va ta’mirlanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube