Isi
Samarqand viloyatini rivojlantirish uchun 2026-yilda 5,2 trillion so‘m ajratiladi Prezidentning “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Samarqand viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishni zarur va barqaror infratuzilma bilan ta’minlash uchun 2026-yilda jami 5,2 trillion so‘m mablag‘lar, shu jumladan: O‘zbekistonning 2026–2028 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1,9 trillion so‘m; mahalla infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari uchun nazarda tutilgan 1,8 trillion so‘mga qo‘shimcha prezident topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 250 milliard so‘m; Samarqand viloyati mahalliy byudjetiga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi milliy valyutada foizsiz kredit mablag‘lari ajratiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube