Isi
Samarqand viloyatida xalq deputatlari Kengashlari raislari saylandi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasiga muvofiq, vakillik va ijro hokimiyati vakolatlarini ajratish tamoyili asosida 29–30 dekabr kunlari Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari o‘tkazildi. Sessiyalarda Kengash deputatlari orasidan raislar saylandi. Jumladan: Zayniddin Qarshiyev — Samarqand shahar; Sherzod Urakov — Kattaqo‘rg‘on shahar; Zayniddin Naxalov — Ishtixon tumani; Eldor Eshonqulov — Paxtachi tumani; Akbar Abdusaidov — Oqdaryo tumani; Mehroj Sultonov — Samarqand tumani; Azizjon Qobulov — Qo‘shrabot tumani; Zebo Suyarova — Nurobod tumani Bohodir Ochilov — Pastdarg‘om tumani; Uchqun Muminov — Narpay tumani Zulfiya Atamuradova — Jomboy tumani; Xudayberdi Usmanov — Bulung‘ur tumani: Doston Ubaydullayev — Kattaqo‘rg‘on tumani; Azamat Tavboyev — Payariq tumani; Dilafruz Ulug‘boyeva — Toyloq tumani; Surayyo Axmedova — Urgut tumani. 🔰Telegram | Instagram | You Tube