Isi
❗️Rossiyada samarqandlik migrant vafot etdi 12-dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida o‘tkazilgan reyd vaqtida kuch ishlatar tuzilmalar tomonidan o‘zbekistonlik migrantlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan. Bu haqda sobiq deputat Rasul Kusherbayev o‘zining sahifasida ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tekshiruv davomida bir guruh O‘zbekiston fuqarolari kaltaklangan. Oqibatda ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib, komaga tushgan. Ulardan biri bir necha kundan so‘ng vafot etgan, yana bir fuqaro esa hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda. Ma’lum qilinishicha, vafot etgan fuqaro Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Jumavoy qishlog‘idan bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga rasmiy nota yuborgan. Voqea O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube