Isi
Pastdarg‘omda noqonuniy daraxt kesgan shaxsga 22 mln so‘mdan ortiq jarima solindi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining Parchaqora MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dalasining chekka qismida bir necha yillar avval ekilgan 10 tup tol daraxti noqonuniy ravishda kesilgani aniqlandi. Tekshiruv davomida ushbu holat Mang‘itobod MFYda yashovchi fuqaro I.N. tomonidan hech qanday ruxsatsiz amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Daraxtlarga o‘sishdan to‘xtamas darajada shikast yetkazilgan. Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 mln 300 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar uchun 12 mln 360 ming so‘m hisoblandi. O‘zbekistonda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho turlarini kesishga nisbatan moratoriy amal qilmoqda. Tegishli ruxsatsiz daraxt kesish qat’iyan taqiqlanadi, deyiladi Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube