Isi
Samarqandda 15 yoshli bolaning nikoh to‘yi bo‘ldimi? Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda 15 yoshli bola uylanmoqda” sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Unda hali voyaga yetmagan bola hamda uning yonida kelin libosini kiygan qiz turgani, shuningdek, boshlovchi tomonidan “kuyov jo‘ralar”ga so‘z berilayotgani aks etgan. Mazkur holat haqiqatdan ham nikoh marosimi bo‘lganmi yoki to‘y qiziq chiqishi uchun sahnalashtirilgan holatmi — hozircha rasmiy tasdiqlanmagan. Shu bilan birga, voyaga yetmagan shaxslar ishtirokidagi nikoh marosimlarini o‘tkazish, bunga yo‘l qo‘yish yoki uni targ‘ib qilish amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi. Ma’lumot uchun qonunchilikka ko‘ra, nikoh yoshi — 18 yosh. Voyaga yetmaganlarni nikohlash, bunga majburlash yoki targ‘ib qilish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda jarima, majburiy ishlar yoki boshqa choralar qo‘llanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube