TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandda 15 yoshli bolaning toʻyi haqidagi xabarlarga izoh berildi Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, 15 yoshli bolaning toʻyi aks etgani aytilgan video yuzasidan rasmiy izoh berildi. Ma’lum bo‘lishicha, video 2025-yil noyabr oyida to‘yxonada olingan bo‘lib, turli tadbirlarga oid lavhalar birlashtirib montaj qilingan. Unda aks etgan holat haqiqiy nikoh yoki ruxsat etilgan turmush marosimini anglatmaydi. Qayd etilishicha, mazkur videoni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi N.A. auditoriyasini oshirish maqsadida tarqatgan. Hozirda holat yuzasidan Pastdargʻom tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube