TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3040

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,950Jumlah tampilan
Diposting9 Jan09/01/2026, 06.33
Isi postingan

Isi

Payariqda tug‘ruqxonadan chaqaloq o‘lik holda topildi Payariq tumanida joylashgan tug‘ruqxonalardan birida chaqaloq o‘lik holda topildi. Holat 2025-yil 27-dekabr kuni aniqlangan. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tug‘ruq muassasasida topilgan chaqaloqning hayot alomatlari bo‘lmagan. Hozirda chaqaloqning tirik tug‘ilgani yoki tug‘ruq jarayonida vafot etgani masalasi aniqlashtirilmoqda. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chaqaloq o‘limining aniq sabablari ma’lum bo‘ladi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube