TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3043

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan2,070Jumlah tampilan
Diposting10 Jan10/01/2026, 07.04
Isi postingan

Isi

Paxtachida diniy adovatni targ‘ib qilgan shaxs ma’muriy qamoqqa olindi 2025-yil 30-dekabr kuni 2004-yilda tug‘ilgan shaxs Telegram messenjeridagi o‘ziga tegishli profil orqali Telegram kanallaridan birining izohlar bo‘limida diniy adovatni targ‘ib qiluvchi ma’lumot joylashtirgani aniqlangan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184³-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va ish sudga yuborilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tumani sudining 2026-yil 9-yanvardagi qaroriga ko‘ra, mazkur shaxsning qilmishida ushbu modda bilan nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube