Isi
Samarqandda ko‘p qavatli binolar yonidagi noqonuniy qurilmalar buzdirilmoqda Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Monitoringlar davomida shaharning Orzu mahallasi, M. Xaydarova ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy inshootlar aniqlangan. Aniqlangan holatlar yuzasidan mulkdorlarga tushuntirish ishlari olib borilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan rasmiy ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan muddatlarda ko‘rsatmalar talablari bajarilmagan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan choralar ko‘rilishi, shuningdek, noqonuniy qurilmalarni sud tartibida majburiy buzdirish belgilangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube