Isi
Samarqandda Shirin massiviga eltuvchi yo‘l vaqtincha yopiladi 2026-yil 15–18-yanvar kunlari Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 37-kilometr qismida — Samarqand shahri va Shirin massivini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurilishi sababli transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Qurilish ishlari xavfsiz va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida mazkur yo‘l qismi belgilangan muddat davomida harakat uchun yopiladi. Haydovchilardan oldindan muqobil yo‘llardan foydalanish so‘raladi. Qurilish jarayonida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun ogohlantiruvchi yo‘l belgilar o‘rnatiladi, harakat esa boshqa yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi. Haydovchilardan yo‘l belgilariga amal qilish, tezlikni me’yorida saqlash va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish so‘rab qolamiz, deyiladi Samarqand viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube