TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandda bog‘chalarga ovqat yetkazib berish bo‘yicha shubhali tender aniqlandi O‘tgan yilning 3-sentabr kuni Samarqand shahridagi 99 ta davlat bog‘chasiga ovqat yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda “LAZZATLI-HALOL OSHXONA” MCHJ g‘olib bo‘lgan. Tenderning umumiy qiymati qariyb 42 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu haqda data-jurnalist Nodirbek Nortoʻrayev xabar berdi. Bu holat Samarqand shahridagi davlat bog‘chalarining 70 foizdan ortig‘iga ovqat yetkazib berish birgina MCHJ qo‘liga jamlanganini anglatadi. E’tiborlisi, ushbu MCHJ nafaqat Samarqand shahrida, balki viloyatning bir nechta tumanlarida hamda Surxondaryo viloyatidagi ayrim hududlarda ham shunga o‘xshash tenderlarda g‘olib bo‘lgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube