Isi
Samarqand shahar hokimi roʻyxatdan oʻtdi 15-yanvardan Oʻzbekistonda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayoni boshlandi. Mazkur jarayon doirasida birinchilar qatorida Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ham roʻyxatdan oʻtdi. Maʼlumot uchun, roʻyxatga olish tekshiruv yoki nazorat tadbiri emas. Ushbu jarayon mamlakatdagi aholi soni, aholining yashash sharoitlari hamda qishloq xoʻjaligining real holati haqida aniq statistik maʼlumotlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Roʻyxatdan oʻtishning eng qulay usuli — 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish hisoblanadi. Ushbu usul tez va oson. Fevral oyidan boshlab esa “mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan uyma-uy yurib, maʼlumotlar yigʻiladi. Qayd etilishicha, taqdim etilgan barcha maʼlumotlar maxfiy saqlanadi va soliq yoki boshqa nazorat organlariga berilmaydi. Ular faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube