Isi
“Taxtaqoracha” dovonida harakat vaqtincha cheklanadi 2026-yil 16-yanvar kuni soat 21:30 dan boshlab Samarqand viloyati Urgut tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonida qor yog‘ishi va havo haroratining keskin pasayishi sabab yo‘l qoplamasining yuza qismi muzlagan. Shu bois dovon hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Taxtaqoracha” dovonining “Urgut–Kitob” yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi. Haydovchilardan belgilangan cheklovlarga amal qilish, muqobil yo‘llardan foydalanish va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish so‘ralgan Samarqand viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube