TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Taxtaqoracha dovonida harakat tiklandi Avvalroq Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyati Urgut tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Almata–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz” avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonida ob-havo sharoiti yaxshilanishi va yo‘l qoplamasi tozalanganidan so‘ng transport vositalari harakati tiklandi. Haydovchilardan dovon hududida harakatlanishda ehtiyot choralariga amal qilish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini soʻraymiz, deyiladi Samarqand viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube