TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3087

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,840Jumlah tampilan
Diposting18 Jan18/01/2026, 12.18
Isi postingan

Isi

Jamiyatda axloqsizlikni targʻib qilganlarga jazo yoʻqmi? So‘nggi paytlarda Instagram va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarda ayrim “bloger”larning be’mani chiqishlari, ochiqchasiga so‘kinishlari, ommani mensimasdan, jamiyatda axloqsizlikni targ‘ib qilayotgan kontentlari keskin ko‘payib borayotgani tashvishli holatga aylanmoqda. Kimdir buni “erkinlik”, “shaxsiy fikr”, “kim nima qilsa o‘zi biladi” deb baholashi mumkin. Ammo masalaning eng og‘riqli tomoni shundaki - bu kontentlarni ko‘rib ulg‘ayayotgan yosh avlod nimani o‘rganadi? Axloqsizlik, behayolik va so‘kinishni odatiy hol sifatida qabul qilgan bola ertaga jamiyat oldida qanday mas’uliyat bilan yashaydi? Bunday oqibatlar uchun kim javob beradi? Aslida, bunday xatti-harakatlar qonunchilikda javobsiz emas. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasi (Haqorat)ga ko‘ra: shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish, ochiqchasiga so‘kinish, tahqirlovchi so‘zlar, haqoratli post va videolar tarqatish uchun jarima, takroran yoki og‘ir holatlarda esa ma’muriy qamoq jazosi belgilangan. Shuningdek, bunday kontentlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga tarqatilishi holatni yanada og‘irlashtiruvchi omil sifatida baholanadi. Samarqand tarixda ilm-u ma’rifat, madaniyat va ma’naviyat markazlaridan biri bo‘lgan muqaddas zamin. Bu diyorda ne-ne buyuk allomalar, mutafakkirlar yashab, o‘z merosini qoldirgan. Shu bois jamiyatda ochiqcha axloqsizlikni targ‘ib qilish, behayolik va so‘kinishni “kontent” nomi bilan oqlash bizga mutlaqo yarashmaydi. Bunday holatlar jazosiz qolmasligi, qonun ustuvorligi ta’minlanishi va eng muhimi, kelajak avlodning ma’naviy tarbiyasi himoya qilinishi shart. ©Bars internet nashri 🔰Telegram | Instagram | You Tube