Isi
Toyloqda noqonuniy daraxt kesish oqibatida tabiatga 182 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qonunbuzarlik holati aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Urgut tumanida yashovchi fuqaro O.U. Toyloq tumani O‘ray Elipok mahallasi hududida noqonuniy ravishda o‘sib turgan 5 tup tol va 5 tup oq akatsiya daraxtini kesib olgan. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan javobgarlikka tortilgan. Daraxtlarni noqonuniy kesish oqibatida o‘simlik dunyosiga 182 million 692 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisoblab chiqilgan. Hozirda holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube