TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3102

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,410Jumlah tampilan
Diposting21 Jan21/01/2026, 15.12
Isi postingan

Isi

Samarqandda ayrim hududlarda ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi “Samarqand suv ta’minoti” AJ Samarqand tuman filiali xabar berishicha, Samarqand shahridagi “Bog‘i Safed” mahallasi hududidan o‘tuvchi asosiy ichimlik suv quvuri yangisiga almashtirilayotgani munosabati bilan ayrim hududlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Xususan, 2026-yil 22-yanvar sanasidan boshlab quyidagi mahallalarda ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi: Samarqand tumani: “Sulfakabutak”, “Xoja Axrori Vali”, “Mirzo Ulug‘bek”, “O‘rtashiq”, “Gulbog‘”, “Qo‘shko‘prik” Samarqand shahri: “Bog‘i Safed” mahallasi Suv ta’minoti tiklanishi vaqti qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube