TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaning Davos shahrida Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi Tadbir xalqaro hamkorlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan nufuzli muloqotlar doirasida bo‘lib o‘tdi. Marosimda bir qator davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. Tinchlik kengashi xalqaro miqyosda tinchlikni mustahkamlash, mojarolarni oldini olish, muloqot va ishonch muhitini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari suruvchi maslahat-muloqot platformasi hisoblanadi. Ushbu tuzilma davlatlar, xalqaro institutlar va ekspertlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube