TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3123

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,690Jumlah tampilan
Diposting24 Jan24/01/2026, 12.00
Isi postingan

Isi

O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi joriy etilishi kutilmoqda O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar va qonun chiqaruvchi organlar bola va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida jiddiy choralar tayyorlamoqda. Yangi taklif etilayotgan normaga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi kutilmoqda. Taklif qilingan yangiliklar loyihasiga koʻra: 14 yoshdan kichik bolalarga qarshi jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin. Voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar prokuratura organlarining to‘liq vakolatiga o‘tkaziladi va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchilar hamda sudyalar jalb qilinadi. Shuningdek, noqonuniy erta nikohlar va voyaga yetmaganlarni unashtirish kabi holatlarga ham ma’muriy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Bu choralar jamiyatda zo‘ravonlikni oldini olish, bolalarni himoya qilish va erta nikohlarning oldini olishga yo‘naltirilgan. Yangi normalar 2026-yil 1-apreldan kuchga kirishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube