Isi
Mahalla yettiligi a’zolarini hokimlar tayinlaydi 2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda mahalla yettiligi a’zolarini shakllantirish tartibi o‘zgaradi. Endilikda ular fuqarolar yig‘ini orqali emas, balki tuman (shahar) hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi. Yangi tartibga ko‘ra, mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, soliq va boshqa yo‘nalish vakillarining aniq vazifalari belgilanib, ularni asosiy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan yig‘ilish va topshiriqlarga jalb qilish cheklanadi. Dastlab ushbu tizim 500 dan ortiq mahallada tajriba tariqasida joriy etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur o‘zgarish mahalla tizimida mas’uliyatni aniqlashtirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube