TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3128

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,540Jumlah tampilan
Diposting26 Jan26/01/2026, 08.40
Isi postingan

Isi

Samarqandda avtobuslarda chiptasiz yo‘lovchilarga qarshi reydlar boshlanadi Jamoat transporti tizimida yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish maqsadida “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi tomonidan yaqin kunlarda avtobuslarda yo‘l haqi uchun bir martalik chipta berilishi bo‘yicha nazorat ishlari boshlanadi. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi. Unga koʻra nazorat jarayonida yo‘lovchi naqd pul bilan to‘lov qilganda berilishi shart bo‘lgan bir martalik chipta mavjudligiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, transport xizmatlari sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlariga planshetlar va bodi-kameralar topshirilgan. Bu esa tekshiruv jarayonlarini qayd etish, nazoratning shaffofligini oshirish hamda bahsli holatlarning oldini olish imkonini beradi. Yo‘lovchilardan naqd to‘lov amalga oshirilganda bir martalik chiptani talab qilish, haydovchilardan esa belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etib, yo‘l haqi to‘lovlarining shaffofligini ta’minlash so‘raladi xabarda. Avvalroq Samarqand shahrida jamoat transportlarida naqd toʻlov bekor qilinishi haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube