Isi
Samarqandda tabiatga 422 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi Samarqand viloyatida daryo o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holati aniqlandi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) hamda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Toyloq tumani hududidan oqib o‘tuvchi, noruda materiallar qazib olishga moratoriy joriy etilgan Zarafshon daryosi o‘zanida tungi vaqtda noqonuniy qazish ishlari olib borilgani fosh etildi. O‘rganishlar davomida daryo o‘zanidan noqonuniy qazib olingan noruda materiallar Urgut tumani va Samarqand shahrini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi orqali, maxsus beton moslamalar o‘rnatilgan holda tashilib, “ZARAFSHON PROPRIETY SERVICE” MChJ hududiga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 422 milliard 648 million 358 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube