Isi
Samarqandda Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Telegram messenjerida kanal-bot tashkil etib, kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop va giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, ular tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 0,9 gramm “SK White” nomli vositani 1,1 mln so‘mga sotishga kelishib, pul mablag‘ini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan plastik karta orqali qabul qilgan. Giyohvandlik vositasi esa Toshkent shahridagi Janubiy temir yo‘l vokzali yaqinidagi qurilishi tugallanmagan bino oldiga ko‘mib qo‘yilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube