Isi
Urgutda opiy kontrabandasi bilan 2 shaxs uzoq muddatga qamaldi Tergovga maʼlumotlari asosida Zamon.uzʼga koʻra, Urgut tumani Mo‘minobod mahallasida yashovchi 28 yoshli fuqaro 60 yoshli mahalladoshini jinoiy faoliyatga jalb qilgan. Aniqlanishicha, u Tojikistondagi tanishi bilan kelishib, har bir kilogram opiyni 500 AQSH dollari evaziga olib o‘tishga rozi bo‘lgan. 2025-yil kuz oylarida ular Urgut tumanidan tog‘li aylanma yo‘llar orqali Tojikistonning Panjikent tumaniga o‘tib, 9 kilogram opiy giyohvandlik vositasini olib qaytgan. Qaytishda ular chegarachilar tomonidan aniqlangan. Gumondorlar qochishga uringan, biroq DXX va ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Sudda 28 yoshli sudlanuvchi avval ham 5 kg opiyni olib o‘tganini tan olgan. Unga 15 yil, 60 yoshli sudlanuvchiga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube