Isi
Pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, ishdan bo‘shatilishi mumkin Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga mutlaqo murosasizlik muhitini shakllantirish, ularning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan buyruqni imzoladi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan. Ushbu qonun ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlikni, jumladan jismoniy va ruhiy bosimni taqiqlaydi. Buyruq asosida ta’lim tashkilotlarining odob-axloq qoidalari, ichki mehnat tartibi va xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari yangilandi. Endilikda pedagog va boshqa xodimlar: bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etmaslik, zo‘ravonlik holatlari haqida tegishli idoralarni xabardor qilish majburiyatiga ega. Shuningdek, pedagog tomonidan bolalarga yoki hamkasblarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol buzish sifatida baholanadi. Bunday holat isbotlansa, mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube