Isi
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi fosh etildi Samarqand viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, u fuqaroga xorijda ishlab chiqarilgan 48 dona “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida jami 58 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, boshqa tezkor tadbirda dorixona sotuvchisi 20 quti “Benzonal” va 9 quti “Amitriptilin Grindeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Yana bir holatda, kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs 5 dona “Torgabalin” va 15 dona “Galara Pregabalin” dorilarini sotayotgan vaqtida ushlangan. Undan qo‘shimcha ravishda yana 14 dona “Galara Pregabalin” dorisi ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube