Isi
Urgutda noqonuniy diniy saboq berish holati aniqlandi Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro Urgut tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida xonadon ijaraga olib, noqonuniy “hujra” tashkil qilgani fosh etildi. Ma’lum bo‘lishicha, maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va tegishli ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan ushbu shaxs moddiy manfaatdorlik evaziga 2011–2016-yillarda tug‘ilgan 7 nafar o‘g‘il bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelgan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube